Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborotni xotirada yaxshi saqlab qolishning 5 ta usuli

Axborotni xotirada yaxshi saqlab qolishning 5 ta usuli

Ko‘pchiligimiz ish yoki o‘qish bo‘yicha biror ma’ruzalar tayyorlaganimizda katta hajmdagi ma’lumotlarni xotirada saqlab qolishimizga to‘g‘ri keladi. Biz sizga ana shunday vaziyatlarda qo‘l keluvchi bir nechta tavsiyalarni taqdim etamiz.

Ovoz chiqarib o‘qing

Kanadalik professor Kolin Maklaud ilmiy tadqiqot o‘tkazish jarayonida, ma’lumotni yodda saqlab qolishning eng samarali usuli axborotni ovoz chiqarib o‘qish ekanini isbot etdi.

Maklaudning fikricha, siz axborotni eshitishdan tashqari, uni o‘z tilingizda ovoz chiqarib takrorlasangiz, u uzoq vaqt xotirangizda saqlanadi. Buni isbotlash uchun olim odamlardan iborat 4 ta guruh tuzdi. Birinchi guruh axborotni ichida o‘qidilar, ikkinchi guruh ovoz chiqarib, uchinchi guruh esa ovozlari yozilgan audioni, to‘rtinchi guruh boshqalarning ovozi yozilgan audiolarni tinglashdi. Natijada, axborotni o‘qigan va uni yozib olib, qayta eshitgan odamlar uni ichida o‘qiganlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq ma’lumotni eslab qolishgan.

Vizual ko‘rinishga keltiring va tasavvur qiling

Mnemonika — kerakli ma’lumotlarni eslab qolishga yordam beruvchi qoidalar va texnikalar to‘plami. U orqali eng qiyin ma’lumotlar, ayniqsa, xorijiy so‘zlarni eslab qolish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi «look» (qaramoq) so‘zi, rus tilidagi «luk» (piyoz) so‘zi bilan bir xil talaffuz qilinadi. Demak, har ikki so‘zni birlashtiramiz: «piyozga qaraganimizda, ko‘zimiz yoshlanadi». Shu usul orqali, xotirangizda yangi so‘z saqlanib qolishiga erishishingiz mumkin.

Yalpiz va tuxum mahsulotini ko‘proq iste’mol qiling

Boston universitetining tibbiyot maktabi tuxum va tovuq go‘shti xotirani mustahkamlashini isbotlashdi. Yalpizni hidlash yoki yalpizli choy ichish ham konsentratsiyani yaxshilaydi. Shuningdek, olimlar xotirani mustahkamlash uchun Omega-3 vitamini bor mahsulotlarni iste’mol qilishni ham tavsiya etadilar.

Uyquni unutmang

Sizga biroz g‘alati tuyulsa-da, ammo ma’lumotlarni o‘qigach, bir uxlab oling. 2016 yilda fransuz olimlari o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, kechqurun uxlashdan avval o‘qilgan ma’lumotlar xotirada yaxshi saqlanar ekan.

O‘zingizni bo‘sh qo‘ying

Hatto siz barcha ma’lumotlarni saqlab qolishni uddasidan chiqqan bo‘lsangiz ham, uni mustahkamlash uchun nonushtaga tuxum iste’mol qilgan bo‘lsangiz ham, o‘zingizga past baho berar ekansiz, bari behuda. Agar o‘zingizga ishonmasangiz, butun ruhiyatingizni tushkunlik holati egallab oladi. Britaniyalik tadqiqotchilarning fikricha, qushlarni kuzatish orqali kishi o‘zini xotirjam his etishi mumkin ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring