Ayollar orasidagi ishsizlik va iqtisodiy nofaollik sabablari nimada?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, (2022-yil natijalari) mamlakatimizda mehnatga layoqatli ayollarning 13,4 foizi ishsiz. Bu ko‘rsatkich mehnatga layoqatli erkaklar orasida 5,4 foizni tashkil etadi. Kuzatuvlar ayollar orasidagi ishsizlik darajasi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Xo‘sh, mehnatga layoqatli ayollar orasida iqtisodiy jihatdan nofaollikning kuchayishiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi (16-55 yoshdagi) ayollar orasidagi ishsizlik va iqtisodiy nofaollikning sabablarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazmoqda.
Tadqiqot davomida jamiyatimizdagi ayollarning iqtisodiy jihatdan faol turmush tarzini yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish maqsad qilingan.
Tadqiqot natijalari haqqoniy bo‘lishi va imkoni boricha ko‘proq odam o‘z fikrini, taklifini bildirishi uchun onlayn so‘rov tashkil etilmoqda.
Ayollardan ushbu so‘rovda ishtirok etish va hayotiga dahldor bo‘lgan masala yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter