Jomboydagi AYoQShdan 320 million so‘m o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
IIV Samarqand viloyati axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jomboy tuman IIBga 1992-y.t. A. ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaatda 2020-yil 17-sentyabrdan 18-sentyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumanida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigi ochiqligidan foydalanib, u yerga g‘ayriqonuniy ravishda kirgani, xonadagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyf ichidagi 320 000 000 so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi ma’lum qilingan.
Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o‘g‘rilikni Urgut tumani Chumchuqli MFYda yashovchi 1995-y.t. J. va Urgut tumani Terak MFYda yashovchi 1998-y.t. X.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84 500 000 so‘m pul ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter