Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim metro bekatlarining ish vaqti o‘zgardi

Ayrim metro bekatlarining ish vaqti o‘zgardi

Foto: Xabar.uz

1-iyundan ayrim metro bekatlarining ish vaqti uzaytirildi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.

Jumladan, bugun, 1-iyundan boshlab, Toshkent metropolitenining «Hamid Olimjon», «Pushkin», «Mirzo Ulug‘bek», «Oybek», «Beruniy», «Abdulla Qodiriy», «Novza», «Toshkent», «Kosmonavtlar», «Chorsu», «Tinchlik», «Turkiston», «Shahriston», «Bodomzor» hamda «Minor» metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring