Bahorning ilk kunida O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 1-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bahorning ilk kunida Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0-5, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ayrim Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter