Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xodimlarining paxtaga jalb qilinganligi holati o‘rganildi

Bank xodimlarining paxtaga jalb qilinganligi holati o‘rganildi

Internet tarmoqlarida paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishi munosabati bilan bank xodimlari, xususan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi «Xalq banki», «Hamkorbank» va «Savdogarbank» bo‘limlari xodimlari paxta terimiga jalb qilinganligi, paxta dalasiga chiqishni istamaganlarga esa o‘z o‘rniga odam yollash buyurilganligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilindi.

Yuqoridagi xabarlarga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi yuqorida qayd etilgan banklarda o‘rganish o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, «Savdogarbank» aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyatida filiali mavjud emasligi, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi «Xalq banki» va «Hamkorbank» ATBlarning bo‘limlarida bank hodimlari hech qanday paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmaganligi, xodimlar tomonidan o‘z o‘rniga odam yollash buyurilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati «Xalq banki» va «Hamkorbank» ATBlar bo‘limlari bank xodimlarining har biridan yozma tushuntirishlar olindi hamda internet tarmog‘ida e’lon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring