Bankrot bo‘lgan biznes qanday tiklangan edi?
Biz boshqalarga yoqishni istaymiz. Boshqalar tomonidan e’tirof etilishimiz hamda do‘st bo‘lishni xohlaymiz. Biz odamlar bilan jips, do‘stona hamkorlik o‘rnatmasak, hayotda muvaffaqiyatga erishishimiz og‘ir bo‘lishini ham bilamiz.
Moslashuvchanlik, epchillik kabi xususiyat esa boshqalarga yoqishni istagan inson uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Moslashuvchanlik shunday qobiliyatki, u ham aqliy, ham jismoniy ma’noda epchillikni talab qiladi. Har qanday sharoitda «men»ini moslashtirishni uddalash yoki o‘zining ustidan nazoratni saqlagan holda atrofdagi vaziyatga moyillik bildirish oson emas.
Ammo, unutmang, moslashuvchanlik yon berish emas, ya’ni u o‘zgalarning xohish-istaklari hamda injiqliklariga butunlay bo‘ysunish uchun chapdastlik bilan aql-idrokka ega bo‘lishni bildirmaydi. Siz o‘zingizda moslashuvchanlik xislatlarini rivojlantirar ekansiz, yuzaga kelgan muammolarni izlash asnosida kerakli xatti-harakatlarni qabul qilishga muvaffaq bo‘lasiz. Bu esa zaruriy qat’iyatni egallashga yordam beradi.
Aynan moslashuvchanlik hissi Sinsinnatidagi manufaktura savdosi bilan mashg‘ul bo‘lgan Artur Nashga qisqa fursatda o‘z ishini yo‘lga qo‘yib, bankrot bo‘lgan biznesini tiklashiga yordam berdi. U barcha ishchilarini o‘zining sherigiga aylantirdi. Ularni ish haqi olish va daromadga ega bo‘lishlari sharoitida jalb etish kompaniyani gullab-yashnatib yubordi.
Ba’zida sizga boshqa odamlarning moslashuvchanligi yordam berishi mumkin. Masalan, Genri Ford o‘zining ishchilari hamda hamkorlariga keskin munosabatda bo‘lar va nihoyatda sabrsiz edi. Ammo xotini Klara epchillik va ustomonlik bilan uni sabr-toqatli bo‘lishga majbur etar, shu tariqa talay mushkulotlardan asrab qolardi.
San-Fransiskodagi Bank of America bo‘limi boshlig‘i bir kuni shunday degan edi: «Biz biror kishini ishga yollaganimizda, uning to‘rtta xususiyatini alohida baholaymiz. Bular quyidagilar: odob saqlash, buyruqlarga bo‘ysunish, moslashuvchanlik va berilgan ishni yaxshi bajarish qobiliyati».
Moslashuvchanlikning eng muhim tarkibiy qismi nozik yumor hissidir. Avraam Linkoln o‘z kabinetining qiziqqon a’zolari orasida bo‘hronlar paytida xursandchilikka suyanib, ularning birdamligini saqlab qolgan.
Vudro Vilson aynan moslashuvchanlik hissining yetishmasligi tufayli senatda Millatlar Ligasi loyihasini tasdiqlata olmagan. Agar u mag‘rurligini bir chetga surib, kelishuvchanlik yo‘li bilan Liganing ashaddiy dushmani, senator Lojni Oq Uydagi mashvaratga taklif qilganida, senatning roziligini olgan bo‘lardi.
Moslashuvchanlik yana shunday xislatki, u kambag‘allik, nochorlikni yumshatadi, yaxshilikdan minnatdor bo‘lishga o‘rgatadi, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikka yordam beradi. Shu bilan birga sizga yoqadimi-yoqmaydimi, bundan qat’i nazar, moslashunchanlik hayotingizdagi har qanday tajribadan foyda chiqarib olishga ko‘maklashadi.
(Napoleon Xill kitobidan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter