«Barcha kar, barcha ko‘r, barcha soqovdek go‘yo...»

Poytaxtdagi G‘ofur G‘ulom bog‘ining «xorij investori»ga ijaraga berilishi bog‘liq «o‘yin» fosh bo‘lganidan xabaringiz bor. Ya’nikim, bog‘ 2019-yilda singapurlik investorga 49 yilga tekinga va tendersiz berilgani ma’lum bo‘ldi. Biroq jamoatchilik bu haqda oradan bir yil o‘tib (!) xabardor bo‘ldi. Eng qizig‘i, 2019-yil 13-fevralda 700 AQSh dollar boshlang‘ich badal bilan ochilgan Singapurda ochilgan BMP Smart Decision Private Limited shirkatining yagona ta’sischisi — o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi: Halimov Sherzod.
Yana o‘sha eski sxema, deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.- O‘zimiznikilar xorijda soxta firma ochadi, keyin ular «xorijlik investor» niqobi ostida mamlakatdagi katta-katta, o‘ta qimmat yerlarni, binolarni tekinga, tendersiz oladi?!
Bunaqa sxemalar ming marta fosh bo‘ldi, har safar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bong urildi. Lekin na birorta tergov organi tekinga berilayotgan mulklar masalasini tekshirib, munosabat bildirdi, na amaldorlar bunaqa sxema qilishdan uyalib, bu ishni to‘xtatishdi. Barchasi xuddi hech narsa bo‘lmaganday davom etmoqda. Barcha kar, barcha ko‘r, barcha soqovga aylangandek go‘yo...
Yana ham bilmadimu, ko‘z o‘ngimizda O‘zbekistonni bo‘lib olishayotganday hissiyot paydo bo‘lmayaptimi Sizda?!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter