Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Avvalroq uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidov o‘tgan yilning dekabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter