Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ba’zi joylarda qor yog‘adi» — O‘zgidromet

«Ba’zi joylarda qor yog‘adi» — O‘zgidromet

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 10-12 noyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shanba kuniga kelib, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yana yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalabgi soatlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.

10-12 noyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 11 noyabr va 12 noyabrda kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 noyabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. 12 noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kunduz kungi harorat bugun va ertaga harorat 16-18° iliq, yakshanba kuni esa 13-15° iliq, kechasi 4-7° iliq atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 11 noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring