Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Musayevning birinchi buyrug‘i ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi

Behzod Musayevning birinchi buyrug‘i ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan Behzod Musayevning birinchi buyrug‘i avvalgi vazir qo‘llagan intizomiy jazo choralarini olib tashlash haqida bo‘ldi.

Musayev imzolagan buyruqda «shu kungacha Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralari muddatidan ilgari olib tashlansin» deyiladi.

Caption

Eslatib o‘tamiz, B.Musayev tayinlovga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Undan avval esa DSQ raisi bo‘lgan.

Behzod Musayev mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi bo‘lsa-da, avval ham bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib ko‘rgandi.

Unga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan Hojiboyev Abduhakim Mo‘minovich esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilayotgani aytilgandi. Ammo tayinlov rasman tasdiqlangani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring