«Bilayn»ga tahdid, 106 soat qo‘shiq aytgan hofiz, Qashqadaryoda kuchli sel va boshqa xabarlar
Bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Hodisa
«Bilayn» kompaniyasini portlatib yuborishini aytib dag‘dag‘a qilgan shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 4 aprel kuni noma’lum shaxs «Bilayn» mobil aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan.
Xorij
Dominikancha «baxshi». Hofiz 106 soat qo‘shiq aytdi va sahnadan «tez yordam»da ketdi
Dominikan respublikasida rekord o‘rnatish maqsadida qo‘shiqchi Karlos Silver 106 soat davomida kuyladi. Ammo Ginnes rekordlar kitobi vakillari uning natijasini qabul qilmadi.
Hodisa
Sel Qamashidagi ko‘prikni yuvib, chorvani oqizib ketdi
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Langar ota qishlog‘iga o‘tadigan ko‘prikni sel yuvib ketdi. «Qamashi tumanidagi Langar ota qishlog‘iga o‘tiladigan ko‘prikni sel yuvib ketibdi. Aholining mollarini ham oqizib ketgan. Fuqarolar orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q», — deyiladi ma’lumotda.
Tavsiya qilamiz
Prezident: «Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim?»
Xorij
Liviyada urushning yangi bosqichi, Xaftar kuchlari poytaxtga yaqinlashdi
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Xaftar Liviya poytaxti Tripoli sari yurish boshladi. Yurish davomida Xalifa Xaftar qo‘l ostidagi kuchlar BMT tomonidan qo‘llanilayotgan milliy birlik hukumatini ag‘darishni maqsad qilgan. Qo‘mondon o‘z yurishini «Tripolini ozod qilish bo‘yicha operatsiya», deb nomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter