Bino sotilmoqda. Tahririyat jurnalistlari endi ko‘chada qoladimi?

To‘rt yoki besh kundan buyon jurnalistlar bir-biri bilan ko‘rishib qolsa bir mavzu haqida albatta gapiriladi: «Eshitdingizmi, binomiz sotuvga qo‘yilibdi? Endi qayerga borarkanmiz? Yarim asrga yaqin vaqt mobaynida shu binoga o‘rganib qolgan ekanmiz. Ko‘ngil uzish og‘ir bo‘lyapti, o‘z uyimizdek bo‘lib qolgandi».
Gapning lo‘ndasini aytganda, jurnalistlar bu binoni o‘z uylariday his etib, har bir qavatdagi tahririyatlarning o‘zlari hozirgi zamon talabiga mos ravishda o‘z hisobidan ta’mirlab, sharoitlarini yaxshilab, mamlakat ravnaqi yo‘lida qo‘llaridan kelgancha mehnat qilishmoqda. Aslida bino Toshkent shahar hokimligiga qaraganligi bois tahririyatlar ijara pulini to‘lagandan so‘ng hokimlik zamon talabiga mos tarzda ta’mirlab berishi lozim emasmi?
Tahririyatlar ta’mirga ketgan millionlab pullarni xodimlarga mukofot puli sifatida berganda, oilasining bir kamchiligiga yarardi.
Mavzuga doir:
Majburiy ijro byurosi «Gazeta korpusi» nomini olgan 7 qavatlik binoni auksionga qo‘ydi
O‘rni kelganda yana bir fikrni aytmoqchiman. Bugungi kunda mamlakatimizda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisi yo‘q, bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar hamda harbiylar, faol yoshlarga arzon uylar imtiyozli kredit asosida berilmoqda. Buni biz ommaviy axborot vositalarida keng yoritayapmiz.
Uyli bo‘lganlarning fikrlarini eshitib, ular davlatimizdan qanchalik minnatdorligini, hayajonlarini xuddi o‘zimiz uyga ega bo‘lgandek ommaga yetkazamiz. Aslida jurnalistlarning ham ko‘pchiligi ijarada yashashadi. Faqat o‘zganing dardini, muammosi va quvonchini ommaga yetkazadi-yu o‘ziga kelganda sukut saqlaydi.
Uysiz, propiskasiz jurnalistlarning ham yelkasiga oftob tegarmikan?
Toshtemir Murod
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter