Bir nechta viloyatda soliq rahbarlari o‘zgardi

Soliq qo‘mitasi tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Shuxratali Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar u Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter