Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta daraxtni noqonuniy kesganlarga yuz dona daraxt ekish majburiyati yuklanadi

Bitta daraxtni noqonuniy kesganlarga yuz dona daraxt ekish majburiyati yuklanadi

Noqonuniy kesilgan har bir daraxt uchun 100 dona daraxt ekish va uch yil davomida uni parvarish qilish majburiyati yuklanadi. 

Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.


«2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgan moratoriyda har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida daraxt ekish mexanizmi joriy qilindi.

Har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli daraxt ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilangan».

Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqovga ko‘ra, «Moviy gumbazlar» istirohat maskanida jami 1700 tup har xil turdagi manzarali daraxt xatlovdan o‘tkazilgan. Ularning hammasi qimmatbaho daraxt naviga kiradi. Shuningdek, daraxtlarni kesish bo‘yicha ham umuman murojaat kelib tushmagan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring