Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan hamkorlik qiladi

«Biznesni rivojlantirish banki» Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan hamkorlik qiladi

«Biznesni rivojlantirish banki», «BRB Tech» kompaniyasi va Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar majmuini nazarda tutadi.

Memorandumga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishadi:

  • Zamonaviy axborot texnologiyalari va ta’lim faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasida axborot jamiyatini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlarni tatbiq etish;
  • Sun’iy intellekt texnologiyalarini bank sohasiga joriy etish yo‘nalishida ilmiy- tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
  • O‘zaro manfaatli qo‘shma anjumanlar, tadbirlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar tashkil etish;
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
  • Belgilangan vazifalarni bajarish uchun tomonlar, binolar, texnika va jihozlardan foydalanish imkoniyatini yaratish;
  • Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish;
  • O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar.

Yana bir yangilik – KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda «Biznesni rivojlantirish banki»ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjat loyihasi yaqinda bank xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan strategik sessiyada qizg‘in muhokama qilindi.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring