Bloger Isroil Tillaboyev rahbarlik lavozimiga tayinlandi
Taniqli matematika o‘qituvchisi va bloger Isroil Tillaboyev Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Isroil Tillaboyev 1984 yili Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Qo‘qon davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakultetini tamomlagan. 2004 yildan beri matematika va informatika fanlaridan dars berib keladi. Bugunga qadar Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi matematika va filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 65-maktab internatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘quvchilari bir necha yillardan buyon fan olimpiadasining tuman, viloyat, respublika bosqichida yuqori natijalarga erishib kelishmoqda. Birinchi toifali matematika fani o‘qituvchisi. 2014 yili «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Isroil Tillaboyev yangilikka intiluvchi pedagog sifatida mental arifmetika dasturini birinchi marta o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqqan va mental arifmetika bo‘yicha ham o‘z shogirdlari bilan juda katta yutuqqa erishgan.
2018 yil 400 dan ziyod bloger va jurnalistlar qatnashgan O‘zbekiston blogerlar chempionatida faxrli 3-o‘rinni egallagan va Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi blogeri deb e’tirof etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter