Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: Markaziy Osiyoda 26 mln kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

BMT: Markaziy Osiyoda 26 mln kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Foto: Xabar.uz

Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq odam qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda.

BMT Yangiliklar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi mintaqadagi landshaftlar va odamlar hayotini tobora o‘zgartirmoqda. 

Markaziy Osiyodagi yerlarning kamida 20 foizi allaqachon degradatsiyaga uchragan va taxminan 80 foizi yaylov uchun ishlatiladi. 

Shuning uchun yaylov yerlarining holati oziq-ovqat xavfsizligi, turmush tarzi va iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik bilan bevosita bog‘liq. 

«Bugungi kunda Markaziy Osiyoda 152 million gektardan ortiq yer qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda, bu mintaqa aholisining yarmidan ko‘piga ta’sir qiladi. Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan «Markaziy Osiyoning tog‘ ekotizimlari» mintaqaviy loyihasi uchun 5,4 million dollar ajratish tasdiqlandi. Shuningdek, 26 million dollarlik budjetga ega «Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarining o‘zaro bog‘liqligi» mintaqaviy dasturi ishga tushirildi», deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring