Bog‘cha hojatxonasida qamab qo‘yilgan bolalar voqeasiga munosabat bildirildi

Bugun «Nasafnews» saytining telegramdagi rasmiy sahifasida «Qarshidagi bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan bolalarni yashirib, hojatxonaga qamab qo‘ydi» sarlavhali videoxabar e’lon qilindi. Qashqadaryo viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
«Ushbu holat yuzasidan ma’lum qilamizki, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan ishchi guruh Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 26-oktyabr kuni o‘rganish o‘tkazgan. O‘rganish paytida videolavhadagi holat kuzatilgan. Ushbu holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter