Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona imtiyozlari bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Bojxona imtiyozlari bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Foto: Xabar.uz

Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi belgilandi

"Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3634-son, 01.07.2025-y. )

Nizomga ko‘ra, dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.

Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda murojaat qiladi.

Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki qaror Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YaAT) da bojxona organining rahbari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yo‘li bilan qabul qilinadi. 

Tasdiqlangan dastlabki qarorga YaAT orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qo‘yiladi.

Dastlabki qaror asosida O‘zbekistonning istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring