Bo‘kadagi yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Toshkent viloyatida deyarli yarim million dollarga yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar Sh.A. va A.S. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 000 AQSh dollariga sotishini va yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali kottedj qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 90 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.N. va Sh.M. kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali 80 000 AQSh dollari evaziga Urgut tumanidagi “B.B.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yer maydonini fuqaro A.O.ning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter