«Bolalar-o‘smirlar sport maktabi»dagi talon-torojliklar fosh etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumanidagi «Bolalar-o‘smirlar sport maktabi» mas’ul va moddiy javobgar shaxslari 2018-2020 yillarda maktabning murabbiy va xodimlariga jami 491,4 mln so‘m xizmat safari xarajatlari va ish haqlarini naqd pul shaklida ajratib, to‘lov qaydnomalardagi imzolarni soxtalashtirib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter