Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bolalarda mazkur kasallik o‘tkir kechadi...»: shifokor maslahati

«Bolalarda mazkur kasallik o‘tkir kechadi...»: shifokor maslahati

Qandli diabet asoratlari bolalar uchun qanchalik xavfli?

SSV matbuot xizmati bolalar endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimovaning muhim fikrlarini taqdim etdi:

— Epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, oxirgi o‘n yil ichida qandli diabetning 1-turi bilan kasallanish, ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ortib bormoqda. U autoimmun xastalik bo‘lib, atrof-muhitdagi patogenetik omillar (toksin, virus) pankreatin beta-hujayralarni shikastlaydi. Zararlanish 70-80 foizga yetgach, xastalikning klinik manzarasi namoyon bo‘ladi.

Agar o‘z vaqtida tashxis va davo choralari ko‘rilmasa, og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va chaqaloqlarda turli asosiy kasalliklar sababli qand miqdorining ko‘tarilishi yoki gipperglikemik sindrom kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iborat.

Bolalarda mazkur kasallik turi o‘tkir kechadi. Ota-onadan ham, shifokordan ham bu davrda katta ma’suliyat talab qilinadi. Tezkor tashxislash va shu yo‘sinda davolash jajji bemor ahvolini yaxshilaydi.

Qandli diabetning 1-turi autoimmun kasallik bo‘lganligi uchun nasldan naslga o‘tadi.

Shunga qaramay, bola qat’iy parhezga amal qilsa, jismoniy faol bo‘lsa va doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallikning kechki asorati oldi olingan bo‘ladi.

Agar aksi kuzatilsa, ko‘z, buyrak faoliyatida buzilish qayd etiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo‘y o‘smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolishi holatlari kuzatiladi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring