Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish» xizmati ishga tushirildi.

Endilikda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan o‘tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Talabgorlar oliy ma’lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega bo‘lishi kerak.

Xizmatdan foydalanishda to‘lov undirilmaydi.

Ekspertlarni akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ekspertlarga guvohnoma beriladi.

Guvohnomaning amal qilish muddati – 5 yil.

Eslatib o‘tamiz, «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra, har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring