Bosh prokuratura «Oqqo‘rg‘on voqeasi aybdorlari mansabi va darajasidan qat’i nazar javobgarlikka tortilishi»ni ma’lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oqqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Bu haqda «Turon24»ga Bosh prokuraturaning matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
«Bosh prokuratura bu holatni tekshirmoqda, qat’iy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor bo‘lgan shaxslar, mansabi va darajasidan qat’i nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi», — deyiladi bayonotda.
Mavzuga doir: Suvga tushganlar kimni «suvdan quruq» chiqarishmoqchi?
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda ust-boshini yechmasdan ariqqa tushib, tizza bo‘yi suvda turgan olti erkakning surati keng tarqalgan, keyinchalik voqea 25 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergani, suratdagi olti kishi bug‘doy vaqtida sug‘orilmagani uchun jazolangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter