Bosh vazir samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 18-fevral kuni Samarqand shahrida bir guruh viloyat tadbirkorlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Kredit mablag‘larini olish, elektr energiya va gaz ta’minoti, eksport va importda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, erkin iqtisodiy zonalarda kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish singari 45 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga qolgan masalalarni hal etish buyicha aniq topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter