Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirlar zargarlik zavodini ko‘zdan kechirdi

Bosh vazirlar zargarlik zavodini ko‘zdan kechirdi

Foto: «Uza.uz»

25-26-mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov Toshkent shahridagi «Gold Moon Tashkent» korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi, deb yozadi O‘zA.

Zargarlik buyumlarini zamon talabiga mos sifatli va raqobatbardosh qilib ishlab chiqarish maqsadida majmuaga Italiya, Germaniya va Turkiyadan asbob-uskunalar keltirilgan. Korxonada ayni paytda 300 dan ziyod turdagi tayyor va yarim tayyor zargarlik buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Zavod yiliga 6 ming kilogramm zargarlik mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring