Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda xotin-qizlar uchun turizmga oid o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda

Bo‘stonliqda xotin-qizlar uchun turizmga oid o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda

2025 yil 24-26 sentyabr kunlari Turizm qo‘mitasi vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegratsiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishmoqda.

O‘quv-seminarning asosiy maqsadi – xorijdan qaytgan xotin-qizlarni mahalliy turizm sohasiga jalb etish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, seminar davomida ishtirokchilar Bo‘stonliq tumanidagi yirik turizm ob’yektlari va oilaviy mehmon uylari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida turizm xizmatlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring