Bo‘stonliqdagi dala hovlining "siri" oshkor bo‘ldi

Bo‘stonliq tumanidagi dala-hovlida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar F.M., D.M. va boshqalar Bo‘stonliq tumani, “Chimgan” MFY hududidagi dala-hovlida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari ulanib, 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter