Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Parpiyev statsionarga tushib qoldi

Botir Parpiyev statsionarga tushib qoldi

Foto: «UzReport»

Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev davlat statsionariga tushib qoldi. Bu ma’lumotni «Xabar.uz»ning Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi tasdiqladi.

«Xabar.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi selektor yig‘ilishida viloyatning yarmini xususiylashtirib olgan odam hammasini qaytaradi, deb aytgan. Shundan so‘ng Parpiyevning sog‘lig‘i yomonlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyevga aloqador mansabdor shaxslar birin-ketin ishdan olingani haqida avvalroq xabar bergan edik.

B.Parpiyev joriy yilning 11-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingandi. 19-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring