Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boylarning bolalarida kariyes ko‘p uchrayapti. Gap nimada?

Boylarning bolalarida kariyes ko‘p uchrayapti. Gap nimada?

Foto: «Ferra»

Olimlar 30 mamlakatda 60 ming kishini qamrab olgan 65 ta tadqiqot natijalarini tahlil qilishdi. Ota-onalari yaxshiroq ta’lim olgan va daromadi yuqori, xususiy maktablarga qatnovchi o‘smirlarda tishlarning salomatligi boshqa maktablarda o‘quvchi tengqurlarinikiga qaraganda yomonroq ekani aniqlandi.

Holbuki, o‘ziga to‘q oilalarning farzandlari tinmay stomatolog ko‘rigidan o‘tib turadi.

Lekin ikkinchi omil ham bor: boylarning dasturxoni doim to‘kin, ayniqsa, shakarga boy yemaklar, gazlangan ichimliklar va sharbatlar... Xullas, tadqiqotchilar «shirin hayot», ya’ni shakar tishlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini yana bir bor isbotlashga urinib ko‘rishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring