Bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha yana dastur ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yillik tajribadan kelib chiqib, bozorlarni rivojlantirish, shuningdek, madaniyat va istirohat bog‘larida servisni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni topshirgan.
2017 yilda bozorlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy savdo komplekslarini qurish dasturi qabul qilingan edi. Lekin Zangiota, Qibray, Ohangaron, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Chortoq, Xatirchi va Nurotada bozorlardagi ahvol, ularning sanitariyasi va arxitekturasidan odamlar norozi ekani aytilgan.
Prezident ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish vazifasini qo‘ygan. Jumladan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga o‘z yer maydonlarida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda, ko‘chma savdo ob’yektlarini ish kuni yakunlangach, ko‘chirish bo‘yicha majburiy talab bekor qilinib, tadbirkorlarga mobil konteynerlar o‘rnatish huquqi beriladi.
Xabar.uz sayti aynan shu bozorlar mavzusini Andijon viloyati Izboskan tumani misolida o‘rganib, surishtiruv o‘tkazgan. Tuman bozoridagi vaziyat hamon o‘zgarmagan, oqibatida esa qurbonlar ham bo‘lyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter