Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan ayrim metro bekatlarining qator kirish qismlari vaqtincha yopildi

Bugundan ayrim metro bekatlarining qator kirish qismlari vaqtincha yopildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 24-sentyabr soat 05:00dan boshlab poytaxt metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi.

Toshkent metropoliteni buni ishlab chiqarish ehtiyojlari sabab deya izohlab o‘tgan.

Yopilgan vestibyullar:

Chilonzor yo‘nalishi

- «Pushkin» bekati - «Salar» ko‘prigi tomonidagi vestibyul;
- «Hamid Olimjon» bekati - «NBU» banki tomonidagi vestibyul;
- «Amir Timur Xiyoboni» bekati - 50-maktab tomonidagi vestibyul;
- «Mustaqillik Maydoni» bekati - «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul;
- «Xalqlar Do‘stligi» bekati – «Toshkent citi» tomonidagi vestibyul;
- «Novza» bekati - «Novza» masjidi tomonidagi vestibyul;
- «Mirzo Ulug‘bek» bekati – «Milliy» stadioni tomonidagi vestibyul.

O‘zbekiston yo‘nalishi

- «Toshkent» bekati – Bosh pochta tomonidagi vestibyul;
- «Oybek» bekati - Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
- «Kosmonavtlar» bekati - Interpol tomonidagi vestibyul;
- «Tinchlik» bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo‘nalishi

- «Ming O‘rik» bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestibyul;
- «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti tomonidagi vestibyul;
- «Minor» bekati - moliya instituti tomonidagi vestibyul;
- «Bodomzor» bekati – «NBU» bank tomonidagi vestibyul;
- «Shahriston» bekati - «Yunusobod» bozori tomonidagi vestibyul;
- «Turkiston» bekati - «Uch Qahramon» tomonidagi vestibyul.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring