Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ba’zi joylarda qor yog‘ishda davom etadi

Ba’zi joylarda qor yog‘ishda davom etadi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring