Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun cho‘l hududlarida harorat 45 darajagacha kuchayadi

Bugun cho‘l hududlarida harorat 45 darajagacha kuchayadi

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayadi.

Harorat foni 38-43° atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45° gacha bo‘lgan quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati 39-41° ga yetadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring