Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun havo harorati 46 darajagacha ko‘tariladi

Bugun havo harorati 46 darajagacha ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-43°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring