Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Bugun havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 40-45 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 46-48 darajagacha bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 43-45 daraja bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-36 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring