Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buhoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-9° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter