Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil yetadi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi. Havo harorati pasayadi va 10-12° iliqni tashkil yetadi.
Tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter