Bugun kunduzi harorat 23-28 darajagacha salqinlashadi
![Bugun kunduzi harorat 23-28 darajagacha salqinlashadi](http://static.xabar.uz/crop/2/8/720_460_95_2814938053.jpg)
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17° gacha pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter