Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kunduzi O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun kunduzi O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi,  ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 14-19° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring