Bugun kunduzi O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter