Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasi tomon yo‘lga chiqdi

Bugun O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasi tomon yo‘lga chiqdi

Ukraina-Polsha chegarasi tomon yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan taqdim etilgan videolavhalardan skrinshot.

Bugun Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi «Krakovets-Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti sari yo‘lga chiqdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga yetkazilgan.

Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring