Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonning olti hududida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Bugun O‘zbekistonning olti hududida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Foto: Xabar.uz

6-yanvarda kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Respublika bo‘yicha g‘arbiy shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliqgacha isiydi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring