Bugun Shavkat Mirziyoyev boshchiligida IIVda yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda

Bugun, 12-fevral kuni davlat rahbari boshchiligida Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lum qildi.
Yig‘ilishda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan hisobotlari eshitiladi.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar sohasida qilinadigan o‘zgarish haqida fikr bildirgandi.
«Ichki ishlar faoliyatida katta o‘zgarishlar qilish rejalashtirilgan. Jinoyatchilikni kamaytirish va ichki ishlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqamiz. Afsuski hozirga qadar mavjud statistikani yashirish holatlari uchrab turibdi. Sohada o‘zgarish qilish shart.
Men ichki ishlar xodimlarining mehnatini qadrlayman. Ularning maoshini oshirish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz», — degandi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter