Bugun to‘rtta hududda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi havo harorati 14-16° iliqqacha isiydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter