Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi

Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi Damir Salixovich Yodgorov 4-iyul kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi. 

Damir Yodgorov 1937-yil 18-fevralda Shofirkon tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, 1960-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti yoshlar qo‘mitasining kotibligi lavozimidan boshlab, uzoq yillar Yoshlar tashkiloti hamda qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mas’ul vazifalarda ishladi. 1992-1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi sifatida ishlagan ishlagan.

Uning bevosita rahbarligida viloyatda seleksiya va urug‘chilik sohasini ilmiy rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali direktori sifatidagi mehnat faoliyati yillarida paxtaning Zarafshon vohasiga mos 10 ga yaqin iqtisodiy samarador navlari kashf etildi. 

Damir Yodgorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring