Buxoroda bir guruh mansabdorlarning «qilmishi» fosh qilindi

Huquq-tartibot idoralarining «Xabar.uz» ga ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati, Shofirkon tuman tibbiyot birlamasi mansabdorlari tomonidan ko‘p miqdordagi tovar moddiy boyliklar va budjet mablag‘larining talon-taroj qilingani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Birlashmaning bir guruh mansabdor shaxslari imtiyozga ega bo‘lmagan 2045 nafar bemorlarni bepul ovqatlantirilishi natijasida 180,3 million so‘mlik budjet mablag‘larini ortiqcha sarflab yuborishgan. Shuningdek, Birlashma stomatolog shifokori A.H. (erkak) Ayollar maslahatxonasiga stomatolog vrach sifatida rasmiylashtirilib, umuman ushbu lavozimda faoliyat yuritmagan bo‘lsa-da, unga davlat budjet mablag‘lari hisobidan jami 104,4 million so‘mlik oylik ish haqlari asossiz hisoblanib, to‘lab berilgan.
«Bundan tashqari, Birlashma moddiy javobgar shaxslari tomonidan 2023 yil avgust-sentyabr oylarida jami qiymati 37,5 million so‘mli 3250 litr dizel yoqilg‘isi soxta dalolatnomalar orqali hisobdan chiqarilgan. Ularning o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilib yuborilgani aniqlangan. Yana bir holatda Birlashmaning moddiy javobgar shaxslari ixtiyoriga topshirilgan tovar moddiy boyliklarning qoldig‘i sanoqdan o‘tkazilganda, jami 37 turdagi 367,0 million so‘mlik tovarlar kamomadiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi»,-deydi surishtiruvchi adliya maslahatchisi.
Holat yuzasidan Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-(O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) moddalarining turli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda Shofirkon tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter