Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elga chiqishga «taqiq» borligini qanday tekshirish mumkin?

Chet elga chiqishga «taqiq» borligini qanday tekshirish mumkin?

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi lozim.

Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga «taqiq» qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.

Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring