Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzor tumaniga hokim va yangi rahbarlar tayinlandi

Chilonzor tumaniga hokim va yangi rahbarlar tayinlandi

Foto: Uza.uz

Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga hokim va yangi rahbarlar tayinlandi

Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li (suratda) Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Muradov Jaxongir Chilonzor tumani prokurori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Bekobod shahar prokurori lavozimida ishlagan.

Murodullayev Alisher Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olingan va prezident topshirig‘iga asosan Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring